Jahon | 08:13 / 03.04.2017
2950
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonning yangi parlamenti 3 partiyadan tashkil topadi

Armaniston respublikasida parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Respublikadagi 2009ta saylov uchastkalarining 1025tasida ovoz byulletenlarini sanash natijasida 3ta siyosiy partiya parlamentdan o‘rin egallashi taxmin qilinmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, parlamentga o‘tgan partiyalar Armaniston respublikachilar partiyasi, «Tsarukyan» bloki va «Dashnaktsutyun» partiyasidir.

Hozirgi prezident Serj Sargsyan yetakchiligidagi Armaniston respublikachilar partiyasi parlamentda aksar ko‘pchilik o‘rinni egallashi aniq bo‘lib ulgurdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, partiya 64 foiz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Armanistonning eng boy tadbirkori Gagik Tsarukyanga tegishli «Tsarukyan» bloki 28,21 foiz ovoz to‘plagan, «Dashnaktsutyun» partiyasi 6,83 foiz saylovchilar ishonchiga sazovor bo‘lgan. 

Qolgan partiya va bloklar parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan foizlarni qo‘lga kirita olmagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid