Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi zaharli qo‘ziqorinlardan saqlanishga chaqirdi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakat aholisini zaharli qo‘ziqorinlardan saqlanishga chaqirdi.
FVV ma'lumotlariga ko‘ra, yer yuzida qo‘ziqorinlarning 100 000 dan ortiq botanik turlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston hududida ularning 300 dan ziyod turi mavjud. Biroq shulardan atiga 25 turigina iste'mol uchun yaroqli hisoblanadi.
“Respublikamiz hududida o‘sadigan qo‘ziqorinlarning 275 turi zaharli hisoblanadi. Ularning tarkibida turli xil kuchli zaharli moddalar mavjud bo‘lib, qo‘ziqoringa qanchalik ishlov berilmasin (qaynatish, qovurish, dimlash, dudlash, marinadlash), tarkibidagi zaharli moddalar yo‘qolib ketmaydi hamda oshqozon-ichak fermentlari ta'sirida parchalanmaydi, iste'mol qilgan insonlarni zaharlanishga, og‘ir hollarda esa – o‘limga olib keladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Respublikaning ba'zi jamoa va shirkat xo‘jaliklariga maxsus issiqxonalarda iste'mol uchun yaroqli bo‘lgan “veshenka” va “shampinon” qo‘ziqorin turlarini yetishtirish va savdo qilish uchun ruxsat berilgan.
Madaniy sharoitda yetishtirilayotgan qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlariga sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati nazoratining laboratoriyalarida tahlil qilinib, inson sog‘ligi uchun zararsiz deb topilgan taqdirda gigiyenik sertifikat beriladi. Ana shunday qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni savdo shoxobchalaridan xarid qilish hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Zaharlanish belgilari: Zaharli qo‘ziqorinni bilmay iste'mol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt o‘tganidan so‘ng ko‘ngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi va butun a'zoyi badani bo‘shashib ketadi.
Organizmga zarari: qo‘ziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me'da osti bezi va markaziy asab tizimi a'zolarini qattiq shikastlaydi.
Mavzuga oid
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026