Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya prezidenti saylovlarida bosh vazir g‘olib bo‘ldi
Ipsos Strategic tahliliy agentligi tomondan chop etilgan ekzit-poll natijalariga ko‘ra, Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich Serbiya prezidenti saylovlarida 58,1 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.
Serbiyaning sobiq ombudsmeni Sasha Yankovich 13,8 foiz ovoz bilan 2-o‘rinni, siyosatchi-parodiyachi talaba Luka Maksimovich 9,3 foiz ovoz bilan 3-o‘rinni egalladi.
2 aprelda o‘tgan saylovlarda hammasi bo‘lib 11 nomzod ishtirok etgan. 1-bosqichdayoq g‘olib bo‘lish uchun saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini to‘plash kerak. Aks holda 2 haftadan keyin eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod orasida 2-bosqich bo‘lib o‘tadi.
Serbiyada prezident 5 yillik muddatga saylanadi. Yana bir muddatga saylanishga huquqi bo‘lgan amaldagi prezident Tomislav Nikolich Serbiya taraqqiyot partiyasi tomondan qo‘llab-quvvatlanmagani sababli saylovlarda ishtirok eta olmadi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026