Jahon | 00:41 / 07.04.2017
5564
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShning Suriyadagi harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Foto: RIA

Anqara AQShning Suriyadagi ehtimoliy harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.  

Avvalroq CNN telekanali manbaga iqtibos keltirgan holda AQSh prezidenti Donald Tramp kongress a'zolariga Idlibdagi kimyoviy hujumdan keyin Suriyaga qarshi harbiy choralar qo‘llashni ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgani haqida xabar bergandi.   

"Trampning Suriyadagi vaziyatga aralashishi haqidagi so‘zlari quruq so‘zlar bo‘lib qolmasin. Agar AQSh operatsiyaga borsa, biz uni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz", deb aytgan Erdo‘g‘an Kanal 7 telekanali efirida. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid