MDH havo hujumidan mudofaa jangovar navbatchiligini takomillashtirish taklif qilindi
MDH mamlakatlarida havo hujumidan mudofaa bo‘yicha jangovar navbatchilik jarayonini takomillashtirish taklifi ilgari surilmoqda. Hamdo‘stlik Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasi shunday fikrni ilgari surmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i, RF Havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-leytenant Pavel Kurachenko jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Biz MDHning HHM birlashgan tizimlari kuchlari va vositalarining jangovar navbatchilikni olib borishda o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqdik", - degan Kurachenko.
Generalning aniqlik kiritishicha, MDH HHM birlashgan tizimlarining 2016 yil oktabrida o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotlaridan so‘ng, shunday takliflar ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, MDH havo hujumidan mudofaa birlashgan kuchlari mashg‘ulotlarida O‘zbekiston, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston vakillari qatnashgan edi.
Mavzuga oid
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024
Dekabr oyi oxirida MDH norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
20:22 / 09.10.2024