Fan-texnika | 23:20 / 19.04.2017
15990
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Shanghayda nufuzli xalqaro avtosalon ochildi

19 aprelda Shanghayda Ko‘rgazmalar va kongresslar milliy markazida nufuzli xalqaro avtosalon Auto Shanghai ochildi. Ko‘rgazma 19 va 20 aprel kunlari matbuot uchun ochiq bo‘ladi. 17-marotaba o‘tkazilayotgan ushbu avtosalon keng omma uchun 21-28 aprel kunlari o‘z ishini boshlaydi. Ko‘rgazma maydoni 350 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. 

Avvalgi, 2015 yilda o‘tkazilgan ko‘rgazmada 928000 ming kishi 1300 ta avtopremera guvohi bo‘lgandi. Bu namoyishlar 18 ta davlatdan 1185 ta kompaniya tomonidan o‘tkazilgandi. O‘shanda ko‘rgazmaga 2150 ta OAVdan 10 mingga yaqin jurnalist tashrif buyurgan.  

Quyida joriy ko‘rgazmada namoyish qilingan eng qiziqarli modellar suratlari keltirilgan.

Changan Yuyue kontsepti

Volkswagen I.D. CROZZ kontsept-kari

Volkswagen I.D. Crozz kontsepti intereri

Ford GT

Nissan Vmotion 2.0 kontsepti

Dongfeng AX4

Nissan kompaniyasi stendida 

BMW X2

Citroen CXperience Concept 

Skoda Vision E kontsepti intereri

Toyota WAY

Suzuki Ignis

Nio EP9 

Toyota Fun

SsangYong Tivoli XLV

Mavzuga oid