Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va O‘zbekiston rus neftini tashish yo‘nalishlarini muhokama qiladi
Rossiya va O‘zbekiston federatsiya hududidan neft tashish yo‘nalishlari hamda hajmini muhokama qilishni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya Energetika vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda Sputnik agentligi xabar bergan.
«O‘zbekneftgaz» va Rossiya energetika vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida imzolangandi. Unga ko‘ra tomonlar turli sohalar qatori O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishgandi.
Memorandumning amaliyotini muvofiqlashtirish uchun uch tomonlama ishchi guruh tashkil qilingan.
Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri o‘rinbosari Kirill Molodtsovning ta'kidlashicha, O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali neft yetkazishning ikkita ehtimoliy marshruti mavjud. Uning so‘zlariga qaraganda, ular hozirda o‘rganib chiqilmoqda.
Toshkentda 13-14 aprel kunlarida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan va unda O‘zbekistonga neft yetkazib berish sohasidagi munosabatlarning istiqbollari muhokama etilgandi.
Mart oyida, O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga tashrifi doirasida «O‘zbekneftgaz» va «QazMunayGaz» kompaniyalari o‘rtasida neftgaz sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangandi. Unga ko‘ra, «QazMunayGaz» Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qiladi.
O‘zbekiston neft importi uchun Qozog‘istondagi quvurdan foydalanadi
Rossiya neft quvurlarida Toshkentga va'da qilingan neft uchun joy topa olishmadimi?
Mavzuga oid
10:50 / 18.03.2026
Xitoy Buxoroda 75 mln dollarlik “yashil” energiya loyihasini amalga oshiradi
09:05 / 15.03.2026
Prezidentning IIVga e’tirozi, energetik mustaqillik va o‘pirilgan yo‘l - hafta dayjesti
11:23 / 14.03.2026
Metan-shoxobchalar bugun soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi
07:23 / 13.03.2026