O‘zbekiston neft importi uchun Qozog‘istondagi quvurdan foydalanadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston neft importi uchun “Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuridan foydalanish haqida kelishib olishdi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi Alisher Sultonov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Uzdaily.uz.

Uning ta'kidlashicha, “O‘zbekneftegaz” MXK “Kazmunaygaz”, “Kaztransgaz” va “Kaztransoyl” kompaniyalari bilan muzokara olib borgan.
“Kelishuvda erishilgan eng muhim shartnoma – bu “Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuridan bizning neftni qayta ishlovchi zavodlarni xomashyo bilan ta'minlashda ishlatilishiga oid”, - deya ta'kidlab o‘tgan u.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning qayd etishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Biz buning uchun qozoq birodarlarimizdan minnatdormiz”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.
O‘zbekiston TIV rahbarining ta'kidlashicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston bir-biri bilan raqobat qilmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat iqtisodiyoti bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi doirasida “O‘zbekneftegaz” MXK va Qozog‘iston energetika vazirligi o‘rtasida neft va gaz sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagida anglashuv Memorandumi imzolandi.
Hujjat mamlakatlar o‘rtasida neft va gaz sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:41 / 17.04.2025