O‘zbekiston | 12:17 / 12.04.2017
35710
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya neft quvurlarida Toshkentga va'da qilingan neft uchun joy topa olishmadimi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi davomida 5 aprel kuni O‘zbekistonga 500 ming t. Rossiya neftini yetkazib berish haqidagi ikki tomonlama memorandum imzolangan. Bu haqda RBK’ga kelib tushgan hujjatlarda aytiladi. Biroq, nashrning xabar berishicha, Rossiyada buning uchun hozircha texnik imkoniyat yo‘q.

22 mart kuni Rossiya energetika vazirligida vazir o‘rinbosari Kirill Molodtsov boshchiligida “O‘zbekistonga Rossiya neftini yetkazib berish” masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Unda “Rosneft”, LUKOYL, “Gazprom neft”, «RussNeft» va «Transneft» vitse-prezidentlari ishtirok etdi. Neft kompaniyalari O‘zbekistonga 2017 yilning ikkinchi choragidayoq 200 ming t. neft yetkazib berishga tayyorliklari haqida xabar berishdi: LUKOYL test rejimida 50 ming t.gacha neftni, yana 150 ming t.ni – “Gazprom neft”.

Biroq bayonnomaga ko‘ra, “Transneft” vitse-prezidenti Sergey Andronov yetkazib berish uchun kerakli bo‘lgan “Omsk-Pavlodar” neft quvuri 2017 yilda to‘liq yuklanganiga aniqlik kiritgan. “Rosneft” u orqali Xitoyga CNPC bilan shartnoma doirasida 10 mln. t. neft yetkazib beradi.

Qo‘shni “Tuymazi-Omsk-Novosibirsk-2” neft quvuri ham 2017 yil uchun to‘liq yuklangan. U Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekiston orqali ham o‘tadi.

Bayonnomaga ko‘ra, “Transneft” TON-2 neft o‘tkazish hajmini yiliga 11 mln. t.ga qadar oshirmoqchi, bu esa O‘zbekistonga neft yetkazib berishga imkon beradi.

Loyiha qaror qabul qilingandan kundan boshlab bir yarim yil ichida amalga oshiriladi. Biroq kengaytirish faqatgina neft kompaniyalari qo‘shimcha quvvatlarni yuklash bo‘yicha kafolat bersalar va loyihani moliyalashtirish manbalari aniqlansagina, mumkin bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid