Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz 5 metrlik bilyard tayoqchasi bilan rekord o‘rnatdi
Fransiyalik bilyard ustasi Florian Koler 5 metrdan uzunroq keladigan bilyard tayoqchasi (kiy) bilan Ginness rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqda UPI nashri xabar bermoqda.
Sportchi AQShning Las-Vegas shahridagi tadbirda uzunligi 537 sm keladigan bilyard tayoqchani namoyish qildi. Bu tayoqchani uning homiysi MEZZ yapon firmasi tayyorlagan. Bilyardchi bu antiqa tayoqcha bilan 8 ta sharni luzaga tushira oldi.
Ginness rekordlar kitobi vakillari ushbu tayoqchani o‘ynash uchun yaroqli bo‘lgan dunyodagi eng uzun bilyard tayoqchasi deb tan oldilar. Standart bilyard tayoqchasining uzunligi 160 sm dan oshmaydi.
Tadbirda Koler bilyard bilan bog‘liq yana 5 ta jahon rekordini o‘rnatgan. Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, u bir daqiqa ichida o‘rtadagi luzaga sharlardan tuzilgan to‘siq ustidan o‘tkazib 70 ta sharni tushira olgan va sharga zarba berganidan keyin uning 23,53 soniya davomida aylanib turishiga erisha olgan.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026