Jahon | 17:37 / 28.04.2017
5990
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik Kengashi KXDR bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Foto: Reuters

BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreya yadro dasturi bilan bog‘liq masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Associated Press’ning xabar qilishicha, Qo‘shma Shtatlar 28 aprel kuni BMT XKni KXDR bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishga va Shimoliy Koreyaga yadro qurolini yaratish dasturi tufayli iqtisodiy bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

XK vazirlar darajasidagi yig‘ilishida AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek u bu uchrashuvdan avval Yaponiya va janubiy koreyalik hamkasblari bilan KXDR bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR bilan jiddiy harbiy ixtilof ro‘y berishi mumkinligini istisno etmagani haqida xabar bergandik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid