Tramp KXDR bilan jiddiy harbiy ixtilof ro‘y berishi mumkinligini istisno etmadi

Foto: © RIA Novosti
AQSh prezidenti Donald Tramp "Reyter" agentligi uchun bergan intervyusida ma'lum qildiki, KXDR bilan «katta ixtilof» yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Ammo u vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligini ta'kidlagan.
«Shunday ehtimol mavjud. Biz Shimoliy Koreya bilan katta, judayam katta ziddiyat boshlashimiz mumkin», degan Tramp.
Shu bilan bir vaqtda u inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini aytgan.
«Biz muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni istardik. Ammo bu juda qiyin», degan amerikaliklar prezidenti.
U KXDR bilan muammoni hal etishda Xitoy muhim ahamiyatga ega bo‘lishi haqida gapirgan. U Xitoy rahbari Si Jingpin buning uchun «bor imkoniyatini ishga solishi»ni aytgan.
Undan KXDR rahbari Kim Chen In haqidagi fikrini so‘rashgan. Tramp uni aqlli deb umid qilishini aytib, javob qaytargan, shuningdek, u juda yoshligida hukumat tepasiga kelganiga e'tibor qaratgan.
«Men umid qilamanki, unda aql bor», degan AQSh prezidenti.
Qo‘shma shtatlar Xitoyni Shimoliy Koreya bilan bog‘liq yadroviy muammolarni hal qilishdagi asosiy mamlakat, deb hisoblaydi. Aprel oyi boshida XXR rahbari Si Jingpin AQShga tashrif buyurgan va Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
KXDR bilan bog‘liq ziddiyat AQSh va Janubiy Koreya hamkorligida o‘tkazila boshlangan harbiy mashg‘ulotlardan keyin kuchaydi. Shimoliy Koreya bunga javoban ballistik raketalar uchirdi va Janubiy Koreya, Yaponiya hamda AQSh hududidagi obektlarga zarba berishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Raketa sinovlaridan keyin AQSh Koreya yarimoroli tomonga «Karl Vinson» aviatashuvchisini jo‘natdi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston OTM Malayziyaning ilmiy yutuqlaridan foydalanadi
O‘zbekiston | 14:25
-
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33
-
Isroilning G‘azodagi yangi operatsiyasi, dronlar hujumiga zo‘r bergan Rossiya va Hamasning o‘ldirilgan navbatdagi qo‘mondoni – kun dayjesti
Jahon | 13:21
-
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
Jahon | 13:17
Mavzuga oid

09:57
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi

09:00
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi

01:36
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti

16:30 / 18.05.2025