Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning sobiq davlat kotibi Trampga tanbeh berdi
Foto: APA/APA (AFP)/JIM WATSON
AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt AQSh prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashmoqchi ekanligi uchun tanbeh berdi. Avvalroq Tramp Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida agar vaziyat taqozo etsa, Kim Chen In bilan uchrashishini va bu u uchun sharaf bo‘lishini aytgandi.
"Prezident biror davlatga tayyorgarliksiz bormaydi va "sharaf" so‘zini o‘z xalqini nochorlikda, nazorat ostida ushlab turuvchi kimsaga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llamoqda", deb aytgan Olbrayt CNN telekanali efirida.
Sobiq siyosatchining aytishicha, Tramp o‘z so‘zlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglamay, jahon yetakchilari bilan shaxsiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga haddan ziyod intilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026