Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol ham emas, quruqlik ham - xallig (fotojamlanma)
Germaniyadagi Shimoliy dengiz qirg‘og‘ida nemislar "xallig" deb atovchi landshaft hududlar uchraydi. Bu orol ham, quruqlik ham emas. Xalliglar faqat sel kelgandagina orolga aylanadi, qolgan vaqtda ular materikka ulangan va ulargacha piyoda yetib olish mumkin.
Faqat buni mahalliy aholi yordamisiz, mustaqil bajarish tavsiya qilinmaydi. Tajribalar sel vaqtida yuzaga keluvchi oqim hatto professional sportchiga ham quruqlikka yetishga imkon bermasligini ko‘rsatgan.
Odamlar mahalliy sharoitga allaqachon ko‘nikib qolishgan va shu bois o‘z uylarini sun'iy ko‘tarmalarga qurishadi.
Xalliglar soni atigi o‘nta bo‘lib, ulardan uchtasi kimsasizdir. Ularning eng yirigida 100 nafarga yaqin kishi yashaydi, qolganlarida esa - 10-20 nafardan. Bu yerda sayyohlar ko‘p emas, birgina o‘lkashunoslik muzeyi va atigi ikki mehmonxona bor. Xalliglarda hayot tinch kechadi.
Nemislar hatto xalliglarda yashovchi kishilarning ruhiy holatini ifodalash uchun maxsus iborani qo‘llashadi: «Reif für die Insel» ("Orol uchun yetilgan")
Foto: @schulwerk
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026