Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon boks maktabi vakillari 2 soatda 3ta oltin medal keltirdi (Video)
Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 7 may kuniga belgilangan final bahslari kunduzgi dasturi yakunlandi. Unda 64 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan o‘zbekistonlik yosh iqtidorli bokschi Iqboljon Xoldorov va mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsux bilan kuch sinashdi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra, Iqboljon Xoldorov g‘alaba qozondi.
Qayd etish kerakki, bu Andijon boks maktabi vakillari 2 soatda 3ta oltin medal keltirishi bo‘ldi.
-49 kg vazn toifasida Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov hal qiluvchi jangni mo‘g‘ulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarshi o‘tkazib g‘alaba qozongan, yana bir andijonlik bokschi 52 kg vazn toifasi vakili Jasur Latipov muvaffaqiyatli yurishni davom ettirdi va janubiy koreyalik raqibini taslim qilgandi.
Ma'lumot uchun, final janglarida ringga chiqqan 7 bokschining barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Oldinda o‘zbekistonliklar uchun yana 2ta final jangi bor.
-69 kg vazn toifasida Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Ablayxon Jusupovga qarshi ringga ko‘tariladi (18:30), +91 kg vazn toifasida esa Bahodir Jalolov boshqa bir qozog‘istonlik Kamishbek Konkabayev bilan mushtlashadi.
Mavzuga oid
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025
Usik endi mutlaq jahon chempioni emas. U WBO kamarini jangsiz topshirdi
22:27 / 19.10.2025
Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri musobaqasi finaliga chiqdi
10:10 / 07.10.2025