Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida bölib ötayotgan Boks böyiça 29-osiyo çempionati sönggi final bahslari bölib ötmoqda. Ta'kidlaş örinliki, bugungi final bahslarining har birida özbekistonlik boksçi ringga kötariladi.
Kunduzgi dasturlarda 49, 52 va 64 kg vazn toifasidagi boksçilarning final janglari bölib ötadi.
Dastlab ringga 49 kg vazn toifasida iştirok etib çorak finalda mağlub bölgan 4 nafar boksçilar juftliklari çiqib kelişdi. Ular JÇ uçun 2 yöllanma uçun kuraş olib borişdi. Unda indoneziyalik Kornelis Kvangu Langu hamda suriyalik Hussin Al Masrilarning qöli baland keldi.
Şundan söng, uşbu vazn toifasida musobaqaning boş sovrini uçun özbekistonlik Hasanboy Dösmatov hamda möğulistonlik Gan Erdin Ganghuyak jang olib borişdi.
Hakamlarning yakdil qaroriga köra, Hasanboy Dösmatov ğalaba qozondi. Hasanboy ğalaba muborak!












