Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada muddatdan avval prezidentlik saylovlari boshlandi
9 may ertalabdan Janubiy Koreyada mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin He hokimiyatdan chetlatilgani tufayli o‘tkazilishi belgilangan muddatdan avval prezidentlik saylovlari boshlandi.
Janubiy Koreya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, hammasi bo‘lib saylovda 13 964 saylov uchastkasi faoliyat olib boradi. Ushbu saylovlarda 42,5 mln odam ishtirok eta oladi.
Ovoz berish soat 20.00ga qadar davom etadi. Biroq taxminan soat 15:00gacha kim g‘olib bo‘lishi aniq bo‘ladi.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan oxirgi so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, prezident lavozimiga asosiy da'vogarlar Demokratik partiyadan Mun Je In (42,4 foiz so‘ralganlar qo‘llab-quvvatlagan), "Xalq partiyasi"dan An Chxol Su va konservativ kuchlar vakili Xon Chjun Pxyo hisoblanadi.
Mamlakatning yangi prezidenti 10 may kuni o‘z lavozimini bajarishga kirishadi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, Janubiy Koreyada 4-5 may kunlari muddatdan avval ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Unda barcha istovchilar ishtirok eta olgan.
Saylovlarda tartib saqlanishini 84 414 politsiyachi, ya'ni mamlakatdagi barcha politsiyachilarning 60 foizi kuzatadi. Ular saylov uchastkalari va ovozlar hisob-kitob qilinadigan 251 ta punktni qo‘riqlaydilar.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026