Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti qasamyod qildi, o‘ziga bosh vazir tanladi
Janubiy Koreyaning bir palatali parlamentida (Milliy yig‘ilish) yangi saylangan prezident Mun Je Inning qisqacha qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng u xalqqa murojaat qildi, bu jarayon televideniye orqali translyatsiya qilindi.
«Toburo» Demokratik partiyasi vakili Mun Je In prezidentlik saylovida 41,1 foiz (13,4 mln fuqaro) ovoz olib g‘olib bo‘ldi va rasman yangi lavozimga kirishdi. Ommaboplik bo‘yicha ikkinchi nomzod Xon Jun Pxyoni saylovchilarning 24,03 foizi (7,85 million kishi) qo‘llab-quvvatlagandi.
Yangi prezident rasman mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligini qabul qildi. Birinchi qadam sifatida bosh qo‘mondon Shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbarining KXDR bilan bog‘liq vaziyat haqidagi ma'ruzasini tingladi. U Koreya Respublikasi harbiylari jangovar shaylikni saqlab turgani va istalgan lahzada Shimoliy Koreyaning ehtimoliy provokatsion xatti-harakatlariga javob qaytarishga tayyorligini ma'lum qildi.
Yonhap agentligi ma'lumotiga ko‘ra, u mamlakat bosh vazirligini Cholla-Namdo provinsiyasining 65 yoshli gubernatori Li Nak Yonga taklif qilgan.
U bugun hukumat tarkibini va o‘z ma'muriyatidagi tayinlovlarni e'lon qiladi.
Mamlakatda muddatdan ilgari saylov sobiq prezident Pak Kin He korruptsion mojaro tufayli impichment qilinishi ortidan o‘tkazildi.
Mun Je In 2012 yilgi saylovlarda Pak Kin Hega kichik farq bilan yutqazgandi. U avvalgi ma'muriyatlarni Shimoliy Koreyaning raketa va yadro qurollanishini to‘xtata olmaganliklari uchun tanqid qilib kelgan. In Shimoliy Koreya bilan bosim va sanksiyalarni saqlab qolgan holda ikki tomonlama muloqot olib borishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026