Sobiq prezident Pak Kin He öz lavozimidan çetlaştirilgaç, Janubiy Koreyaning millionlab fuqarolari mamlakatning yangi prezidentini saylaş jarayonida iştirok etişmoqda.
Katta korruptsion mojaroga aralaşib qolgan sobiq prezidentga impiçment e'lon qilindi, söngra prezident hibsga olinib, unga nisbatan bir qator, jumladan, pora oliş va xizmat vazifasini suiiste'mol qiliş kabi ayblovlar e'lon qilindi.
Seuldagi saylov uçastkalari asosan kvartallar örtasidagi, topib boriş qiyin bölgan hudud boşqaruvi binolarida — kiçikroq ofislarda taşkillaştirilgan. Ovoz beriş xonasining har biriga «Saylov — demokratiya çeçagi» degan yozuvlar yopiştirib çiqilgan.
Seulning markaziy hududi Hvehyon-dondagi saylov uçastkasi oçilgani hamono ovoz beriş uçun uning eşigi oldida asosan katta yoşli kişilardan iborat navbat hosil böldi.
«Mamlakatimizning qayta tuğilişi uçun aqlli rahbarni tanlab böldim», — deydi RIA Novosti’ga Hvehyon-dondagi saylov uçastkasida ovoz berib çiqqan Ha ismli ayol. Saylovçining sözlariga köra, «avvalgidek yaşaşning ortiq iloji yöq, mamlakat manfaati uçun intiliş kerak».
Yevropaça libos kiyib olgan Kim familiyali yigitça ham Janubiy Koreyada özgarişlar röy berişidan umidvorligini aytib ötgan. «Mamlakatimizda hukumat özgarişini közlab ovoz berdim», — dedi u. Kim Janubiy Koreyadagi hukumat «avvalgisidan adolatliroq, jamiyat esa barça uçun birdek imkoniyatlar taqdim etilgan holatda böladi», deya işonadi.
Jamoatçilik fikrini örganiş uçun ötkazilgan sönggi sörovlarga köra, prezidentlik lavozimi uçun asosiy nomzodlar — demokratik partiyadan Mun Je Inni 42,4 foiz kişi qöllab quvvatlagan, markazçilarning «Xalq partiyasi» vakili An Çyol Su va konservativ kuçlar vakili Xon Jun Pyo hozirça 18,6 foizlik reytingdan kötarila olişmagan.
Demokratik kuçlar tarafdorlari Janubiy Koreya jamiyatida korrupsiya qöporib taşlanişi va uruş tahdidi oldi olinişi uçun KXDR bilan munosabatlar yaxşilanişidan umidvor. Bular asosan yoş avlod vakillari. Katta yoşdagi kişilar esa Pyongyang bilan yaqinlaşişdan çöçib, konservatorlarga ovoz berişmoqda.
Katta yoşdagi taksi haydovçisi Xon Jun Pyoga ovoz berganini, u bu qarorini demokratik kuçlardan saylangan sobiq preziyentlar Kim De Jun va No Mu Hyon davridagidek, yangi prezident Pyongyangga borişini istamayotgani bilan izohlagan.
«Kim De Jun Pyongyangga bordi, keyin No Mu Hyon ham bordi, ulardan biror kişi Seulga keldimi?» — deya savol beradi taksiçi. Bu safar ham xuddi şunaqa böladi, degan qat'iy fikrda u, Janubiy Koreyaning yangi prezidenti ham Pyongyangga borib, «pul berib» keladi. 1950-1953 yillardagi uruşni juda yaxşi eslaydigan janubiy koreyalik katta avlod vakillarining aksariyati ana şunday fikrda. Ular AQŞning harbiy qudrati va KXDRning yakson qilinişi ortidan mamlakat birlaştirilişidan umidvor.












