Jahon | 11:11 / 14.05.2017
32511
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston «Bir makon, bir yo‘l» forumini boykot qildi

Foto: Globallookpress.com

Hindiston Pekindagi «Bir makon, bir yo‘l» forumiga bormaslikka qaror qilgan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatdi.

«Bunday loyihalar suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilgan holda amalga oshirilishi lozim», — deyilgan TIV bayonotida.

Pekin taklif etayotgan loyihaga ko‘ra, Xitoy va Pokiston iqtisodiy yo‘lagi tashkil etiladi va bu yo‘lak Nyu-Dehli hamda Islomobod o‘rtasida bahsli hudud bo‘lib turgan Gilgit-Baltiston bo‘ylab o‘tishi rejalashtirilgan.

«Hech bir mamlakat uning suvereniteti va hududiy yaxlitligi borasidagi muhim muammolarni inkor etuvchi loyihaga rozilik bildirmaydi», — deya qayd etilgan Hindiston TIV xabarida.

Bugun Xitoy poytaxti Pekin shahrida xalqaro hamkorlik bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» strategiyasi doirasidagi oliy darajadagi forum ochildi. Unda dunyoning 29 mamlakat rahbarlari ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid