Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 may Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 12-17 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:15
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
23:44 / 13.06.2026