Jamiyat | 14:34 / 17.05.2017
26671
2 daqiqa o‘qiladi

To‘qqiz marta homilasi tushgan ayol opasining sharofati bilan egizakli bo‘ldi

Melissa Kayser to‘qqiz marta bolasi tushganidan so‘ng tamomila umidsizlikka tushib qolgandi, biroq unga o‘z opasi yordam berdi. Melissa uch yil davomida homilador bo‘lishga harakat qilgan, ammo oxir-oqibat shifokorlar bepushtlikni davolash va EKO unga to‘g‘ri kelmaydigan variantlar ekanini aytishdi. 

"Men umidsizlikka tushib qolgandim, sababi reproduktiv funksiya – ayollar uchun eng muhimdir. O‘zimni xuddi hech narsaga kuchi yetmaydigan insondek his etdim", - deydi Melissa Kayser

Shunda uning opasi, 35 yoshli Liza Auten singlisi uchun bola ko‘rishga qaror qildi. Shifokorlar ikkita embrionni implantatsiya qilishni tavsiya etishdi, sababi ulardan biri rivojlanmay qolib ketishi mumkin edi. Biroq u har ikki bolani ham dunyoga keltirdi. Hozirda Tirni va Eshlinn ismli qizchalar olti haftalik bo‘lishdi.

 

A post shared by Jil (@ibraghimlife) on

"Singlimga yordam berish men uchun qiyin bo‘lmadi. Men yaxshi xola bo‘lishni istayman, xolos", - deydi Liza Auten

Endilikda Liza ota-onalik huquqidan voz kechishi kerak. Bu bolalar olti oylik bo‘lganida yuz beradi.

 

Mavzuga oid