Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozordagi savdo yoki yana o‘sha valyutafurushlar mashmashasi
Foto: 123RF
Shohrux Urgutdagi “Samon bozor”ida noqonuniy valyuta sotish bilan anchadan beri shug‘ullanar edi. Lekin “ko‘za kunda emas kunida sinishini” unutgan chog‘i, o‘zini bu qing‘irlikdan tiyib turolmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
O‘sha kuni uning yoniga kelgan “xaridor” Bahodir Ismoilov:
- Menga yetti ming dollar kerak? – deb qoldi.
- 6 ming 190 so‘mdan bo‘ladimi?
Xaridor rozi bo‘ldi. Shohruh biroz o‘ylanib turib, taklifini aytdi:
- Uzr, hozir yetarli pul yo‘q edi. Agar istasangiz, sheriklarimni chaqiraman.
- Farqi yo‘q, ishni hal qilsangiz bo‘ldi, - dedi Bahodir.
Shohruh Akmaljon va Feruzni “yordamga” chaqirdi. Ular kerakli miqdordagi pul bilan yetib kelishdi.
Valyutafurushlar 7 ming AQSh dollarini 43 mln. 330 ming so‘mga hisoblab sotayotganlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi. Shohruhning jinoiy sheriklaridan jami 43 mln. 511 ming so‘m, 10 ming 450 AQSh dollari, 2 ming 500 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Sud Shohrux Ma'diyev, Feruz Latipov va Akmaljon Tursunovlarning har birini eng kam ish haqining 80 baravari miqdorida jarima jazosiga tortdi. Shuningdek, ulardan olib qo‘yilgan pullar davlat foydasiga musodara qilindi.
Mavzuga oid
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
16:11 / 27.11.2025