Foto: Yunusobodda o‘g‘irlik issiq izidan fosh etildi
2017 yilning 22 may kuni taxminan soat 02:00 da, Ozod Aziz o‘g‘li Murodov va Hasan Hamidjon o‘g‘li Karimovlar o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida qurilayotgan xususiy uylarga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonda yonlanma ishchi sifatida ishlovchi fuqarolarga tegishli bo‘lgan uyali aloqa telefon apparatlari va qurilish anjomlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanlar. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan mazkur hududda o‘tkazilgan tungi tezkor-proflaktik tadbirlari natijasida, ular daliliy ashyolar bilan birga qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari va 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga takroran kirib, talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Muradov va Karimovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
21:27 / 25.09.2024
Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
17:15 / 25.07.2024
Chorsudagi tilla do‘konida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan o‘g‘irlik sodir etildi
13:02 / 23.07.2024