Jamiyat | 19:28 / 26.05.2017
16862
2 daqiqa o‘qiladi

Masjidlardagi xatmonalar onlayn efirga uzatib boriladi

Ramazon oyi davomida muslim.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi  sahifasi orqali poytaxtning qator masjidlaridagi taroveh namozlari tarovati va qorilarning Qur'on tilovatlarini onlayn yoritib borish amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ramazon oyi davomida, har kecha, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan, xushnafas qorilari tilovatidan, muslim.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi va telegram messenjeridagi @muslimuzportal kanali orqali bahramand bo‘lib borish mumkin.

Bugun Taroveh namozini Toshkent shahrining markaziy masjidi bo‘lgan “Hazrati Imom” jome masjididan,  Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi  sahifasi orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligidagi Shayx Zayniddin jome masjididagi xatmi Qur'on jarayoni muxlis.uz saytining feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali jonli ravishda efirga uzatib boriladi. Shunindek, bundan buyon jome masjididagi Juma namozlari va ma'ruzlar ham jonli ravishda kuzatib borish imkoniyati mavjud.

Shuning bilan birgalikda, dastlabki bosqichda bugun Toshkent shahridagi “Mirza Yusuf”, “Minor”, “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “To‘xtaboy”, “Mo‘yi muborak” hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Zangi ota”, Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy”, Farg‘ona viloyatidagi “Madrasai Mir”, Buxoro viloyatidagi “Bahovuddin Naqshband” jome masjidlaridan Taroveh namozlari va xatmi Qur'on onlayn translyatsiya qilinadi. Ushbu jome masjidlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari manzili va boshlanish vaqti haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

Mavzuga oid