Jahon | 18:04 / 31.05.2017
9569
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada ob-havo yana yomonlashishi haqida favqulodda ogohlantirish e'lon qilindi

Foto: Gazeta.Ru

Moskvada ob-havo yomonlashishi haqida favqulodda ogohlantirish e'lon qilindi.

Taxminlarga ko‘ra, Moskvada 1 iyunga o‘tar kechasi yomg‘irli ob-havo kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

"Shamol g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr, ba'zida 15-20 metr, ba'zi joylarda esa soniyasiga 24 metrga qadar esadi. Kunduz kuni shamol soniyasiga 15-20 metrni tashkil etadi", - deyiladi FVVning Moskva shahar boshqarmasi xabarida.

Qutqaruvchilar elektr uzatish liniyalarida uzilishlar bo‘lishi va daraxtlar qulashi haqida ogohlantirishgan.

Avvalroq, Moskvada 29 mayda kuzatilgan dovul oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq odam jabrlangani haqida xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid