Moskvada avj olgan dovul qurbonlari soni 16 kişini taşkil qilmoqda. Bu haqda Podmoskove gubernatori Andrey Vorobevga asoslangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Şuningdek, 100dan ortiq kişi jabrlangan, ular orasida bolalar ham bor.

Oxirgi ma'lumotlarda qurbonlar soni 11 kişi ekani aytilgandi.

29 may kuni Moskvaning turli hududlarida kuçli yomğir quydi, kuçli şamol oqibatida yuzlab daraxtlar quladi. Şamol tezligi sekundiga 30 metrgaça yetdi.

Qutqaruvçilar, kommunal va yöl xizmatlari, energetiklar dovul oqibatlarini bartaraf etişga kirişib ketişgan. Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligida ma'lum qilinişiça, Rossiyaning markaziy qismi va Moskvada aholisi 4000 kişidan köproq bölgan 20 dan köproq aholi punkti elektr energiyasiz qolib ketgan, 1000 dan köproq daraxt qöporib yuborilgan, 30 dan ortiq köp qavatli va xususiy uylarning tomlariga, önlab maşinalarga şikast yetgan.

Fotojamlanma: Moskvadagi dovul oqibatlari