Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ikki jangari ketayotgan avtomobil portlab ketgani aytilmoqda
Foto: alarabiya.net
Saudiya Arabistoni tomonidan terakt uyushtirishda ayblangan va qidirilayotgan ikki nafar jangari Al Katif shahrida avtomobilning portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Telekanal bergan xabarga ko‘ra, jinoyatchilar Al Avamiya shahriga o‘q-dorilar va portlovchi moddalar olib kelishayotganda portlab ketishgan. Guvohlar tomonidan tasvirga tushirilgan videoga ko‘ra, jangarilar bo‘lgan avtomobil portlash joyida otishma izlariga ham guvoh bo‘lish mumkin. Ma'lum qilinishicha, boshqa mashinada bo‘lgan jangarilar qochishga ulgurishgan, ayni damda ularni qidirish ishlari olib borilmoqda. Saudiya IIV tomonidan hozircha rasmiy bayonot berilmagan.
Avvalroq aholisi asosan shialardan iborat Al Katifa shahrida avtomobil portlagani haqida xabar berilgan edi. Tinch aholi vakillari orasidan ushbu voqea oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Mavzuga oid
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
10:17 / 25.12.2025
Saudiyaning yangi raqamli platformasi O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin
09:46 / 25.12.2025