Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi teraktdan keyin 12 kishi qo‘lga olindi
Britaniya politsiyasi Londondagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda Skotland-Yarddagilar ma'lum qilishdi.
London sharqidagi Barking tumanida maxsus amaliyot o‘tkazilgan.
Ayni vaqtda maxsus xizmatlar terrorchilardan birining uyida tintuv o‘tkazmoqda.
3 iyun kuni kechqurun London ko‘prigida avtofurgon piyodalar ustiga yurdi. Keyin uning ichidan chiqqan 3 kishi odamlarga tig‘li qurol bilan hujum qildi. Ular ko‘prik yaqinidagi Boro bozorida ham odamlarga hamla qilishgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar terrorchilarni yo‘q qilishgan.
Hodisa hukumat tomonidan terakt sifatida baholandi. Terakt qurbonlari 7 nafarni tashkil qildi, shuningdek, 48 kishi hujum oqibatida jarohatlandi.
Mavzuga oid
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025