Jahon | 15:06 / 05.06.2017
8135
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 3 oy ichida musulmonlarga 208 marotaba hujum qilindi

Foto: Anadolu

2017 yilning birinchi choragida Germaniyada musulmonlarga 208 marotaba hujum qilindi, deb yozmoqda Neue Osnabürcker Zeitung gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, aksariyat hujumlar o‘ng radikallar tomonidan milliy va diniy adovat sababli amalga oshirilmoqda.

Germaniyada uch oy davomida ultra o‘nglar tufayli ikki musulmon jarohatlangan.

Xuddi shu vaqt davomida mamlakatdagi masjidlarga 15 ta hujum qayd etilgan.

Germaniyada 2017 yilning birinchi choragi davomida islomga qarshi qaratilgan norozilik aksiyalari soni 32 tani tashkil etdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid