Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalari ma'lum qilindi
Buyuk Britaniya parlamentiga saylovlarda konservatorlar partiyasi yetakchilik qilmoqda va parlamentdagi 650 ta o‘rindan 314 tasini qo‘lga kiritmoqda. Biroq mutlaq ko‘pchilik uchun yana 12 ta o‘rin zarur. Bundan milliy OAV tomondan chop etilgan ekzit-poll (so‘rovnomalar) natijalari darak bermoqda.
Leyboristik partiya 266 ta o‘rin egallamoqda, Shotlandiya milliy partiyasi 34 ta o‘rin bilan 3-o‘rinni egallamoqda. Liberal-demokratik partiya 14 ta o‘rin olmoqda, Mustaqillik partiyasi esa prognoz bo‘yicha birorta ham o‘rin olmayapti.
Shu tariqa, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, birorta partiya quyi palata – vakillar palatasida mutlaq ko‘pchilik (barcha o‘rinlarning yarmidan ko‘pi) olmayapti va endi "mavhum" parlament shakllantiriladi.
Ayni vaqtda kim va qanday muddatda yangi hukumatni shakllantirishi noaniq bo‘lib qolmoqda. Yangi hukumat shakllantirilgungacha uning avvalgi tarkibi o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Ekzit-poll BBC, ITV va Sky telekanallari tomondan Buyuk Britaniya bo‘ylab 144 ta saylov uchastkasida o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026