Tehron: IShID AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
Eron qurolli kuchlari shtablari boshlig‘i o‘rinbosari Mustafo Izodiy Eron hukumatida AQSh Yaqin Sharqda IShIDni bevosita qo‘llab-quvvatlayotganining isbotlari borligini ma'lum qildi. Izodiyning bu so‘zlarini FARS axborot agentligi keltirib o‘tdi.
"Biz islom davlatlarini barbod qilgan hamda ommaviy qotilliklar va to‘qnashuvlar keltirib chiqargan mintaqadagi bu jirkanch oqimning Amerika imperializmi tomonidan bevosita qo‘llab-quvvatlanishidan guvohlik beruvchi hujjatlar va ma'lumotlarga egamiz", deb aytdi Izodiy.
5 iyunda bir qator arab davlatlari Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzgandi, biroq Eron bunga qo‘shilmagan. Ushbu davlat, aksincha, Qatarni qo‘llab-quvvatlashini aytib, Dohaga oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan samolyotlarini jo‘natdi.
Tehronda iyun boshida ikkita terakt sodir etilgandi. Ular oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan.