Jamiyat | 17:37 / 16.06.2017
10778
2 daqiqa o‘qiladi

Yashnobodda telefon o‘g‘risi ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Avaz Axralovich Isamuxamedov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan ovoz yozish studiyasi binosida bo‘la turib, fuqaro Fayzullayev Shermatga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan, bahosi 400.000 so‘mlik «Samsung Tab-3» rusumli planshetini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Yashnobod tumani IBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Mavzuga oid