2017 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Avaz Axraloviç Isamuxamedov özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yaşnobod tumani hududida joylaşgan ovoz yoziş studiyasi binosida böla turib, fuqaro Fayzullayev Şermatga (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) tegişli bölgan, bahosi 400.000 sömlik «Samsung Tab-3» rusumli planşetini öğirlab, hodisa joyidan yaşirinmoqçi bölgan vaqtda, uşbu hududda xizmatni olib borayotgan Yaşnobod tumani IBB xodimlari tomonidan daliliy aşyo bilan qölga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (öğirlik, ya'ni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.












