Sport | 12:18 / 20.06.2017
14056
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona Dani Alvesni haqoratladi

Afsonaviy futbolchi Diyego Maradona «Yuventus»ning braziliyalik himoyachisi Dani Alvesni tentak deb atadi.

«Dani Alves — tentak. U himoyachi, ammo u o‘z pozitsiyasida o‘ynamaydi. U Kafu yoki Maykonga tenglasha olmaydi, bu futbolchilar ham Braziliya terma jamoasida qanot himoyasida zo‘r o‘ynashgan. Dani Alves o‘yin davomida 3 marta to‘pga teginsa, 8 marta raqibni tepadi.

U haqda gapirgandan ko‘ra, ketganim ma'qul», — deya Maradonaning so‘zlarini keltirgan TyC Sport.

Bundan avvalroq Alves Lionel Messini Maradona bilan tenglashtirish kerak emasligi, Messi 5ta «Oltin to‘p» egasi ekanini aytgandi. U shuningdek, Argentinaning 1986 yildagi jahon chempioni bo‘lishi Maradona qo‘li bilan gol urishi tufayli ro‘y berganini eslab o‘tgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid