Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklar Ukrainaga xorijiy biopasportlar bo‘yicha kiritiladilar
Rossiya fuqarolari Ukrainaga faqatgina xorijiy biometrik pasportlar va bir vaqtda biometrik ma'lumotlarni nazorat qilish bilan kiritiladilar. Bu haqda Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasi kengashi kotibi Aleksandr Turchinov ma'lum qildi.
"Chegarachilar texnik detallarni, qanday moddiy-texnik yordam kerakligini baholab chiqishmoqda. Bu hukumat rossiyaliklarga viza tartibini kiritish bo‘yicha bir qarorga kelguncha, biometrik pasportlar bo‘yicha o‘tkazishni ta'minlash va istalgan rossiyalik chegarani kesib o‘tayotganida undan identifikatsion ko‘rsatkichlar – barmoq izlari yoki ko‘z to‘rini olish uchun qilinmoqda. Bunday texnik ish olib borilmoqda. Umid qilamanki, hukumat bu ishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Bizningcha agar moliyalash bo‘lsa, bu bir oy ichidayoq natija beradi", deb aytgan Turchinov.
Turchinovning tan olishicha, hozirda Ukraina chegara xizmatida rossiyaliklarni katta navbatlar yuzaga keltirmasdan faqatgina biopasportlar bo‘yicha o‘tkazishga texnik imkon yo‘q. U Kiyev Rossiya fuqarolariga nisbatan viza tartibi kiritilishi kerakligini ta'kidlamoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Ukraina rossiyaliklarga viza tartibi kiritsa, unda Moskva ham xuddi shunday javob choralari ko‘rishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026