Jamiyat | 15:47 / 28.06.2017
5219
2 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroyda xonadon egasini tunagan o‘g‘ri tezda ushlandi

2017 yilning 23 iyun kuni noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida yashovchi Valeriya Kravchuk (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli bo‘lgan jami 1.900.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Ildar Muxtarov Sabirovich sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid