Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi
Joriy yilning 27 iyun kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Alisher Muhammadiyevich Abdug‘aniyev Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Alisher Abdug‘aniyev 1971 yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tavallud topgan. Shu vaqtgacha u Zomin tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab turgan edi.
Mavzuga oid
17:50 / 03.02.2026
Yangi Jizzax shahri quriladi
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026