Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Janubiy Koreya prezidenti bilan KXDRni muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan KXDR muammosi va yangi savdo kelishuvini muhokama qildi.
«Hozirgina Janubiy Koreya prezidenti bilan ajoyib uchrashuvni yakunladim. Ko‘plab masalalar, jumladan Shimoliy Koreya va yangi savdo kelishuvini muhokama qildik!», - deya yozdi u o‘z tvitterida.
Uchrashuv davomida tomonlar Shimoliy Koreyani yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar haqida kelishib olishdi.
«Ikki davlat yetakchilari Shimoliy Koreyani yadro qurolidan xoli hududga aylantirish va Koreya yarim orolida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash uchun tinchlik o‘rnatishga kelishib oldilar», - deya Janubiy Koreya rahbari matbuot kotibi Yun Yon Chan so‘zlarini keltiradi «Ryonxap» agentligi.
Uning ta'kidlashicha, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi «ochiq va jiddiy» o‘tdi hamda 15 daqiqa davom etgan.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026