Jahon | 15:08 / 08.07.2017
19031
1 daqiqa o‘qiladi

Arizonada 112 yillik havo harorati rekordi yangilandi

Amerikaning Finiks shahrida (Arizona shtati) Tselsiy shkalasi bo‘yicha 47,2 daraja qayd etildi. Shu bilan 112 yil avvalgi rekord o‘zgardi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

AQSh Milliy meteorologiya xizmatining tasdiqlashicha, Finiksdagi harorat 7 iyul kuni 47,2 darajani tashkil etgan. Bungacha, 1905 yilda qayd etilgan 46,1 daraja eng yuqori deb hisoblanar edi. 

Shahardagi termometrlar ustunlaridagi ko‘rsatkichlar har yili 7 iyulda o‘rtacha 41,7 darajani ko‘rsatadi. Finiks xalqaro aeroportida havo harorati 17 marta 43,3 darajagacha qizigan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid