Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Qatar suverenitetini hurmat qilishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘an Hamburgda o‘tgan G20 sammiti yakunida nutq so‘zlar ekan Qatar muammosiga to‘xtalib o‘tdi. U mazkur mamlakatning suverenitetligini hurmat qilishga chaqirdi. NTV telekanali bu jarayonni efirga uzatib turdi.
“Qatarning suverenitetligini hurmat qilish boshqa mamlakatlarning suverenitetligini hurmat qilishdek muhimdir. Birodarlikka qarshi g‘alaba qozonish mumkin emas”, — dedi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qatarni ayblash va arab davlatlari tomonidan unga qarshi sanksiyalar kiritish hech qanday asosga ega emas. Turkiya yetakchisining ta'kidlashicha, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi xavfsizlik va barqarorligi Turkiya tomoni uchun uning xavfsizligi singari o‘ta muhimdir.
“Bu hududdagi barcha mamlakatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni ham inqirozni hal etish uchun zarur choralar ko‘rmoqliklari shartdir. Provokatsiyalarga qarshi bo‘lishga chaqiramiz”, — deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
11:49 / 25.06.2026