Jahon | 13:30 / 11.07.2017
4272
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada NATOning mamlakat tarixidagi eng yirik mashqlari boshlanmoqda

Ruminiyada NATOning mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy mashqlari Saber Guardian-2017 seshanba, 11 iyul kuni boshlanmoqda, deb xabar berdi Ruminiya Radiosi.

Xabarga ko‘ra, mashqlarda 23 davlatdan bo‘lgan taxminan 25 ming harbiy xizmatchi qatnashmoqda. Mashqlar bir vaqtning o‘zida Ruminiya, Bolgariya hamda Vengriya hududida o‘tkaziladi.

Radiostansiya ma'lumotiga ko‘ra, Ruminiya hududidagi mashqlar 20 dan ortiq poligonlarda bo‘lib o‘tadi. Ular davomida jangovar texnikaning tezlik bilan harakatlanishi, shtab mashqlari, jangovar o‘q uzishlar, suv oqimlaridan o‘tish va yaralanganlar evakuatsiyasi o‘tkaziladi.

Saber Guardian-2017 mashqlari 11-20 iyul kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid