Jahon | 14:45 / 14.07.2017
4597
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Asad bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmagani aytildi

Turkiyaning Suriya prezidenti Bashar Asadning taqdiriga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmadi, Anqara SARda siyosiy o‘tish bo‘yicha Jyeneva jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Husayn Diryoz ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti".

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron payshanba kuni AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Parij Asadning hokimiyat tepasidan ketishini istamasligi haqida ma'lum qildi.

"Bizning pozitsiya ko‘plab begunoh kishilarga azob keltiruvchi xatti-harakatlar qilayotgan insonga nisbatan o‘zgarmadi. Biroq biz Jyeneva muzokaralar jarayonini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz RF bilan Ostona jarayoni doirasida ishlamoqdamiz, bu Jyenevadagi jarayonga turtki berishi lozim", - deya aytib o‘tgan Diryoz matbuot anjumanida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid