YeI Liviyaga qarshi sanksiyalar kiritdi
Yevropa ittifoqi Liviyaga qarshi cheklov choralarini kiritdi hamda ushbu davlatga puflanadigan qayiqlar hamda olib yuriluvchi qayiq motorlari yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda Yevroittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan Liviya bo‘yicha bayonotda aytiladi.
«Kengash Liviyaga puflanadigan qayiqlar va olib yuriluvchi qayiqlar motorlarini yetkazib berishga cheklov kiritdi», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, ushbu tovarlar kishilarni noqonuniy olib o‘tishda qo‘llanilishi mumkin.
Shu bilan birga, kengash YeIning liviyalik chegarachilarni tayyorlash bo‘yicha ko‘mak missiyasini 2018 yilning oxiriga qadar cho‘zdirish haqida qaror qabul qilgan.
Avvalroq YeI Suriyadagi kimyoviy hujumlar tufayli qator shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
12:03 / 31.10.2024
AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi
11:10 / 31.10.2024
AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:10 / 22.10.2024