Yevroittifoq Suriyaning 16 fuqarosiga qarşi sanksiyalarni kiritiş haqida qaror qabul qildi. Ular mamlakatdagi kimyoviy hujumlarga aloqador ekani aytilmoqda.
«Kengaş 16 şaxsni röyxatga kiritdi, ularga qarşi YeIning Suriyadagi rejimga nisbatan harakatda bölgan çeklov çoralari yönaltirilgan. YeI bu 16 kişini, ular oddiy fuqarolarga qarşi kimyoviy qurolni işlab çiqiş va qöllaşda iştirok etganlari tufayli röyxatga qöşdi», - deyiladi YeI Kengaşi qarorida.
Ta'kidlanişiça, röyxatga sakkiz nafar yuqori mansabli harbiy xizmatçi va sakkiz nafar olim kiritilgan.
YeI Kengaşidan qayd etişlariça, şu tariqa, Suriya böyiça sanksiyalar röyxatiga kiruvçi şaxslar soni 255 kişiga yetdi.












