Qatar OAVga hujumni BAA tashkillashtirgani ma'lum qilindi
Qatar davlat axborot agentligiga hujum Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan. U Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasida inqiroz keltirib chiqargan. Bu haqda The Washington Post Amerika razvedkasidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, amerikalik razvedkachilar olingan ma'lumotni tahlil qilib, BAA hukumati a'zolari 23 may kuni hujum rejasi va uni amalga oshirishni muhokama qilishganini tasdiqlashgan.
Hujumning o‘zi 24 mayda yuz bergan. Biroq, u BAA tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilgani yoxud ular boshqa tomonga bu borada murojaat qilishgani bilan bog‘liq masala noma'lumligicha qolmoqda.
Saudiya Arabistoni va BAA may oxirida Qatarning qator saytlarini bloklab qo‘ydi. Qatar bayonotiga ko‘ra, bloklangan yangiliklar xakerlik hujumi tufayli e'lon qilingan, shuning uchun haqiqiy emas.
Mavzuga oid
19:01 / 19.11.2024
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024