Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa samolyoti qahva tayyorlaydigan mashina tufayli favqulodda qo‘ndi
Lufthansa aviakompaniyasining Myunxen-Ar-Riyod reysini amalga oshirayotgan Airbus A330 samolyoti Kiprda favqulodda qo‘ndi. Bu holatga bortdagi qahva tayyorlaydigan mashinaning buzilib qolgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Stuttgarter Zeitung.
Xabarga ko‘ra, bortida 186 yo‘lovchi bo‘lgan samolyotni favqulodda qo‘ndirish haqidagi qarorga kuygan narsaning hidi sabab bo‘lgan.
Yo‘lovchilar evakuatsiya qilinganidan so‘ng ma'lum bo‘lishicha, bunday hid ishdan chiqqan qahva tayyorlaydigan mashina tufayli yuzaga kelgan.
Avvalroq Lufthansa samolyoti jazirama ob-havo tufayli Turkiyada favqulodda qo‘ngani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:23 / 25.06.2026
Dunyoda qahvani eng ko‘p qaysi mamlakatlar iste’mol qiladi?
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
07:36 / 06.04.2026
Infografika: qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p qahva ichadi?
13:00 / 24.03.2026