Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasining Iroqdagi Erbil şahriga yöl olayotgan samolyoti Anqara aeroportiga favqulodda qönişga majbur böldi. Bu Iroqda haddan taşqari jazirama ob-havo hukm surayotgani sabab röy bergan, deb xabar bermoqda Hessenschau portali.
Hodisa seşanba, 18 iyul kuni yuz bergan. Bortida 118 yölovçi bölgan Airbus A320 layneri Iroqqa Frankfurt Mayndan parvoz qilgan. Erbilda havo harorati samolyot qönişi kerak bölgan paytda 45 darajani taşkil etişi ma'lum bölgaç, uçuvçilar parvozni vaqtinçalik töxtatişga qaror qilişdi.
Layner Turkiya poytaxtidagi aeroportga qöndi, u yerda unga qöşimça yoqilği quyilgan. Şundan söng samolyot Frankfurtga uçib ketdi. Nemis aviakompaniyasi yölovçilari Erbilga ertasi kuni yetkazildi.
Lufthansa xavfsizlik normalariga köra, laynerning parvozi uçun belgilangan havo harorati 44 darajadan oşmasligi kerak. Haddan taşqari issiqda samolyotning parvoz qiliş kuçi kamayadi, bu transport vositasi va uning yölovçilariga tahdid uyğotadi.












