Jahon | 17:41 / 31.07.2017
4268
1 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Fransiya prezidentiga aloqador 20 mingdan ortiq maktubni e'lon qildi

WikiLeaks sayti Emmanuel Makronning saylovoldi shtabiga tegishli bo‘lgan 21 mingdan ortiq elektron maktublarni e'lon qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

«WikiLeaks Emmanuel Makronning saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq bo‘lgan noyob 21 075 ta elektron maktubdan iborat arxivni e'lon qilmoqda», - deyiladi xabarda.

Materiallar 2009 yilning 20 martidan 2017 yilning 24 apreliga qadar bo‘lgan davrga tegishli.

Avvalroq Assanj Hillari Klintonni Davlat departamentiga kiberhujum haqida shaxsan ogohlantirishga uringani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid