11:51 / 22.07.2017
6513

Assanj Klintonni Davlat departamentiga kiberhujum haqida shaxsan ogohlantirishga uringan

Foto: AP

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj AQSh Davlat departamentiga qo‘ng‘iroq qilib, Hillari Klintonni idora elektron tarmoqlariga kiberhujum haqida ogohlantirmoqchi bo‘lgan. “Xatar” hujjatli filmining treyleri aynan shu voqeaga bag‘ishlangan. Film premerasi Showtime telekanalida shanba kuni o‘tkaziladi.

— Film Assanjning oddiy telefon qo‘ng‘irog‘idan boshlanadi. U AQSh Davlat departamentiga qo‘ng‘iroq qilib, Hillari Klinton bilan shaxsan suhbatlashishga harakat qilgan. Assanj Klinton xonimni internetda maxfiy so‘zlar va fayllar tarqalib ketgani haqida ogohlantirmoqchi bo‘lgan, — deya xabar beradi hujjatli filmi rejissyori Lora Poytrasning kadr ortidagi ovozi.

Tomoshabin filmning kichik qismida Assanjning yordamchisi hamda WikiLeaks rahbarining o‘zini ko‘radi. Qiz AQSh elchixonasiga qo‘ng‘iroq qiladi va bu qo‘ng‘iroq juda tezkor ekanini xabar beradi. Unda Davlat departamentining ichki ma'lumotlari oshkor etilishi mumkinligiga doir axborot borligini aytadi. Biroz kutib turish haqidagi iltimosdan so‘ng go‘shakni Assanjning o‘zi oladi.

— Sizga shu narsa tushunarli bo‘lishini istayman: bizda muammolar yo‘q, muammolar sizda. Biz esa sizga bu muammolarni hal qilishda yordam berishga urinmoqdamiz, — deya xabar qiladi u telefon go‘shagiga.

Rejissyor Lora Poytras bunday filmlar ustida birinchi marotaba ishlayotgani yo‘q. 2014 yilda u Edvard Snouden haqida hikoya qiluvchi Citizenfour filmini tomoshabinlar e'tiboriga havola qilgan. Showtime’dan xabar berishlaricha, Assanj haqidagi film ustida Poytras olti yil ishlagan.

Top